Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-yil 2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kenji Hirata bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-yil 2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kenji Hirata bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar oliy darajadagi tadbirlar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va joriy yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.