O‘zbekiston elchisi Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi, sanoat va ishlab chiqarish vaziri Xarun Axtar Xon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi, sanoat va ishlab chiqarish vaziri Xarun Axtar Xon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyaning Pokistonga tashrifini tashkil etish va safar doirasida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Mazkur tadbir ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, yangi investitsiyaviy loyihalarni shakllantirish va savdo aloqalarini kengaytirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilishi urg‘ulandi.
Shuningdek, safar davomida imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar, istiqbolli qo‘shma investitsiya loyihalari va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar aniq amaliy kelishuvlar ijrosini taʼminlash va tashrif yakunlari bo‘yicha samarali natijalarga erishish muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.
Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi Xarun Axtar Xon O‘zbekiston tomoni ilgari surgan takliflarni yuqori baholab, bo‘lajak tashrifni puxta tayyorlash va uni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish yuzasidan har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishini tasdiqladi.
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha Harakatlar rejasi loyihasini ishlab chiqishni yakunlash hamda uni yaqin muddatlarda imzolash muhimligi alohida taʼkidlandi. Qayd etilganidek, mazkur hujjat o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirishga xizmat qiladi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish hamda o‘zaro biznes delegatsiyalar almashinuvini yanada jadallashlashtirishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston elchisi Pokiston TIV rahbarining oʼrinbosari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yoʼnalishlarini muhokama qildi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokiston tashqi ishlar vazirining oʼrinbosari Bilol Haye bilan uchrashdi.
Islomobodda Oʼzbekiston sayyohlik salohiyatiga bagʼishlangan roud-shou va «Oʼzbekiston turizm mukofoti – 2026» taqdirlash marosimi oʼtkazildi
Oʼzbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Pokistonda oʼtkazilayotgan «Oʼzbekiston turizm kunlari» doirasida Islomobodda «Oʼzbekiston: tarix va kelajak uchrashgan zamin» mavzusida turistik roud-shou hamda «Oʼzbekiston turizm mukofoti – 2026» taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.
Islomobod shahrida «Oʼzbekiston–Pokiston: doʼstlik va birodarlik navolari» nomli kontsert dasturi boʼlib oʼtdi
Pokiston Milliy sanʼat galereyasida Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Islomobod shahrida oʼtkazilayotgan «Oʼzbekiston turizm kunlari» doirasida «Oʼzbekiston–Pokiston: doʼstlik va birodarlik navolari» nomli kontsert dasturi boʼlib oʼtdi.