O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Seyshel tashqi ishlar va diaspora vaziri bilan uchrashdi
1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Seyshel Respublikasi tashqi ishlar va diaspora vaziri Barri For bilan uchrashdi.
1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Seyshel Respublikasi tashqi ishlar va diaspora vaziri Barri For bilan uchrashdi.
«Toshkentda Seyshel Respublikasi tashqi ishlar va diaspora vaziri Barri For janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muzokaralar davomida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish yoʻllarini atroflicha koʻrib chiqdik. Siyosiy muloqotni faollashtirish, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida qoʻshma mexanizmlarni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha aniq qadamlarni belgilab oldik. Dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdik.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Seyshel Respublikasi Hukumati oʻrtasida “Umumiy hamkorlik toʻgʻrisida”gi bitimni imzoladik.
Ishonamizki, bu tashrif ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqadi».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.