Oʻzbekiston va Norvegiya tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi boʻlib oʻtdi
2026-yil 1-iyul kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Norvegiya tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 3-davrasi boʻlib oʻtdi.
2026-yil 1-iyul kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Norvegiya tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 3-davrasi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffar Madrahimov, Norvegiya delegatsiyasiga esa Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Eyvind Vad Petersson boshchilik qildi.
Maslahatlashuvlar davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda oʻzaro manfaatli boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan, ikki mamlakatning tegishli vazirliklari hamda kompaniyalari oʻrtasida tashriflar almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Maslahatlashuvlar yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida muntazam muloqotni davom ettirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.