O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi
3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Suhbat avvalida Qirgʻizistonning BMT Xavfsizlik Kengashining 2027–2028-yillar uchun doimiy boʻlmagan aʼzosi etib saylangani munosabati bilan samimiy tabriklar yoʻllandi. Ushbu tarixiy natija Qirgʻizistonning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori va koʻp tomonlama diplomatiya sohasidagi saʼy-harakatlarining yuksak eʼtirofi ekani taʼkidlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining bugungi yuqori darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Davlat rahbarlari tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.