Pokistonlik investor ishtirokida Navoiy viloyatida tibbiy asbob-uskunalar uchun servis va yig‘ish markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev va Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Karachi shahrida «Alsons Group» kompaniyasi direktori Akbar Allana bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev va Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Karachi shahrida «Alsons Group» kompaniyasi direktori Akbar Allana bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida sanoat, texnologiya va investitsiya sohalaridagi o‘zaro hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Navoiy viloyatida mazkur kompaniya ishtirokida tibbiy asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va ularni mahalliylashtirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.
O‘zbekiston hamda qo‘shni davlatlarda tibbiy asbob-uskunalarga bo‘lgan talabning yuqoriligi, import hajmining yil sayin ortib borayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, mazkur sohada mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va samarali servis tizimini shakllantirish dolzarb vazifa ekani taʼkidlandi.
O‘zbekiston tomoni pokistonlik hamkorlarga Navoiy viloyatida tibbiy asbob-uskunalar uchun servis va yig‘ish markazini tashkil etishni taklif qildi. Shuningdek, nafasni qo‘llab-quvvatlash uskunalari va kislorod terapiyasi apparatlari bo‘yicha pilot loyihalarni amalga oshirish, korpus, plastik va mexanik qismlarni mahalliylashtirish, ehtiyot qismlar taʼminoti hamda texnik xizmat ko‘rsatish tizimini mintaqaviy darajada yo‘lga qo‘yish masalalari ilgari surildi.
Bundan tashqari, muhandis kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma taʼlim dasturlarini joriy etish taklif etildi.
«Alsons Group» direktori Akbar Allana taklif etilgan investitsiya loyihalariga katta qiziqish bildirib, kompaniya mutaxassislarini Navoiy viloyatiga yuborishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tibbiy texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda Markaziy Osiyo bozoriga yo‘naltirilgan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O'xshash yangiliklar
Islomobodda «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi – 2027» tashabbusi taqdimot qilindi
Pokiston poytaxti Islomobod shahrida oʼtkazilgan «4th SES Diplomatic Network–2026» tadbirida Oʼzbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati va «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi–2027» (Pakistan–Uzbekistan Business Exchange – 2027) tashabbusi taqdim etildi.
O‘zbekiston–Pokiston tadbirkor ayollari forumi tashkil etiladi
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev ushbu davlatda xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi Gulnora Mahmudova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik, savdo va investitsiya aloqalari yangi bosqichga olib chiqiladi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi – sanoat va ishlab chiqarish vaziri Harun Axtar Xon bilan uchrashdi.