Oʼzbekistonning Pokistondagi elchixonasi koʼmagida Jizzax jamoat salomatligi texnikumida Jarrohlik va stomatologiya simulyatsion markazi ochildi
Аvval maʼlum qilganimizdek, Oʼzbekistonning Pokistondagi elchixonasi tomonidan Аbu Аli ibn Sino nomli Jizzax jamoat salomatligi texnikumiga tibbiyot asbob-uskunalardan iborat begʼaraz grant yuborilgan edi.
Аvval maʼlum qilganimizdek, Oʼzbekistonning Pokistondagi elchixonasi tomonidan Аbu Аli ibn Sino nomli Jizzax jamoat salomatligi texnikumiga tibbiyot asbob-uskunalardan iborat begʼaraz grant yuborilgan edi.
Mazkur jihozlar Oʼzbekiston Tashqi ishlar vazirligi koʼmagida texnikumiga yetkazib berildi va oʼquvchilarning amaliy koʼnikmalarini yanada mustahkamlash, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni oʼquv jarayoniga keng joriy etish maqsadida Jarrohlik va stomatologiya simulyatsion markazi tashkil etildi.
Simulyatsion markazda turli diagnostik va oʼquv-amaliy tibbiy qurilmalar oʼrnatilib, ular orqali boʼlajak hamshiralar, felьdsherlar va boshqa oʼrta tibbiyot xodimlari zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ishlash koʼnikmalarini egallaydi. Bu esa yurtimiz, xususan Jizzax viloyati sogʼliqni saqlash sohasi uchun raqobatbardosh va yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yaqinlan koʼmaklashadi.
Texnikum rahbariyatining taʼkidlashicha, mazkur loyiha taʼlim sifatini oshirish va oʼquvchilarning amaliy bilimlarini oshirish yoʼlida muhim qadam boʼldi.
– Taqdim etilgan zamonaviy tibbiy jihozlar uchun Oʼzbekistonning Pokistondagi elchixonasiga va mazkur loyihani qoʼllab-quvvatlagan Oʼzbekiston Tashqi ishlar vazirligiga minnatdorlik bildiramiz, – dedi texnikum direktori Gulzoda Zuxurova. – Ushbu xayrli tashabbus natijasida texnikumimizda Jarrohlik va stomatologiya simulyatsion markazi tashkil etildi. Bu markaz oʼquvchilarning nazariy bilimlarni amaliyot bilan uygʼunlashtirish, tibbiyot sohasidagi ilgʼor texnologiyalarni oʼzlashtirish imkoniyatini yaratmoqda. Ishonamizki, mazkur hamkorlik kelgusida ham davom etib, tibbiy taʼlimni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Taʼkidlash joizki, mazkur tashabbus mamlakatimizda tibbiy taʼlimni modernizatsiya qilish, yosh mutaxassislarni zamonaviy talablar asosida tayyorlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yoʼlidagi muhim amaliy qadamlardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda.
Oʼzbekistonning Pokistondagi elchixona qoʼllab-quvvatlashi natijasida tashkil etilgan mazkur simulyatsion markaz kelajakda yuksak malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashga munosib hissa qoʼshishi shubhasiz.
O'xshash yangiliklar
Islomobodda «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi – 2027» tashabbusi taqdimot qilindi
Pokiston poytaxti Islomobod shahrida oʼtkazilgan «4th SES Diplomatic Network–2026» tadbirida Oʼzbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati va «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi–2027» (Pakistan–Uzbekistan Business Exchange – 2027) tashabbusi taqdim etildi.
O‘zbekiston–Pokiston tadbirkor ayollari forumi tashkil etiladi
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev ushbu davlatda xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi Gulnora Mahmudova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik, savdo va investitsiya aloqalari yangi bosqichga olib chiqiladi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi – sanoat va ishlab chiqarish vaziri Harun Axtar Xon bilan uchrashdi.