Islomobodda Oʼzbekiston sayyohlik salohiyatiga bagʼishlangan roud-shou va «Oʼzbekiston turizm mukofoti – 2026» taqdirlash marosimi oʼtkazildi
Oʼzbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Pokistonda oʼtkazilayotgan «Oʼzbekiston turizm kunlari» doirasida Islomobodda «Oʼzbekiston: tarix va kelajak uchrashgan zamin» mavzusida turistik roud-shou hamda «Oʼzbekiston turizm mukofoti – 2026» taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.
Oʼzbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Pokistonda oʼtkazilayotgan «Oʼzbekiston turizm kunlari» doirasida Islomobodda «Oʼzbekiston: tarix va kelajak uchrashgan zamin» mavzusida turistik roud-shou hamda «Oʼzbekiston turizm mukofoti – 2026» taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.
Unda Pokiston Bosh vazirining turizm masalalari boʼyicha maslahatchisi Sardar Yasir Ilyas Xan, Pokiston turizmni rivojlantirish korporatsiyasi rahbari Аftab ur-Rehman Rana, turistik va aviakompaniyalar, mehmonxona boshqaruvi va sayyohlik sohasida faoliyat yurituvchi ishbilarmon doiralar hamda yetakchi OАV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev nutqi bilan ochib berildi. Maʼruzada, mushtarak madaniy va tarixiy meros, umumiy qadriyatlar va koʼp asrlik sivilizatsiyaviy rishtalar bilan bogʼlangan birodar xalqlar oʼrtasidagi doʼstona aloqalar soʼnggi yillarda strategik sheriklik darajasiga chiqqani qayd etildi.
Shuningdek, Oʼzbekistonning sayyohlik salohiyati, xususan, YuNESKO ning Butunjahon merosi roʼyxatiga kiritilgan dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va Qoʼqon kabi qadimiy shaharlar, Oʼzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, yangilangan Imom Buxoriy hamda Аrda Xiva majmualari, ziyorat, tibbiyot, gastronomik, taʼlim, qishki va ekologik turizm yoʼnalishlaridagi zamonaviy infratuzilma haqida soʼzlab berildi. Аyniqsa, mamlakatimizning MICE-turizm yoʼnalishidagi imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Elchi turizm sohasiga ixtisoslashgan ishbilarmon doiralar vakillarini Toshkent va Samarqandda yirik korporativ tadbirlar tashkil etishga va ularni Buxoro va Xivaga sayohatlar bilan uygʼunlashtirib, yangi sayyohlik dasturlar ishlab chiqishga chaqirildi.
Pokiston Bosh vazirining turizm masalalari boʼyicha maslahatchisi Sardar Yasir Ilyas Xan Toshkentdan Islomobod, Lahor va Karachi shaharlariga toʼgʼridan-toʼgʼri va muntazam aviaqatnovlarning yoʼlga qoʼyilgani Oʼzbekistonning sohaga nisbatan tizimli va amaliy yondashuvining ifodasi ekanini taʼkidlab, bu borada mamlakatimiz tajribasini oʼrganishdan manfaatdorligini bildirdi.
–Oʼzbekiston tajribasini oʼrganish maqsadida shu yil noyabrь oyida boʼlib oʼtadigan «Ipak yoʼlida turizm» mavzusidagi 31- Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida shaxsan ishtirok etishni rejalashtirayapman, – dedi u.
Tadbirda mamlakatimizning Pokistondagi turizm brendi elchisi Hamid Mahmud tomonidan yurtimizning turistik salohiyatiga, «Uzbekistan Airways» va «Centrum Air» aviakompaniyalari tomonidan esa pokistonlik yoʼlovchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda turistik kompaniyalar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlarga bagʼishlangan taqdimotlar oʼtkazildi.
Roud-shouning ikkinchi qismida Oʼzbekistonga pokistonlik sayyohlar oqimini oshirishga qoʼshayotgan hissasi uchun eng faol 10 ta turistik kompaniya elchixona tomonidan ilk bor ilgari surilgan «Oʼzbekiston turizm mukofoti» bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida mehmonlar uchun Oʼzbekiston Mudofaa vazirligi Аshula va raqs ansambli tomonidan oʼzbek kuy-qoʼshiqlari va raqslaridan iborat kontsert dasturi namoyish etildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston elchisi Pokiston TIV rahbarining oʼrinbosari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yoʼnalishlarini muhokama qildi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokiston tashqi ishlar vazirining oʼrinbosari Bilol Haye bilan uchrashdi.
Islomobod shahrida «Oʼzbekiston–Pokiston: doʼstlik va birodarlik navolari» nomli kontsert dasturi boʼlib oʼtdi
Pokiston Milliy sanʼat galereyasida Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Islomobod shahrida oʼtkazilayotgan «Oʼzbekiston turizm kunlari» doirasida «Oʼzbekiston–Pokiston: doʼstlik va birodarlik navolari» nomli kontsert dasturi boʼlib oʼtdi.
Pokistonning yetakchi konsortsiumi Oʼzbekistonda mehmonxona biznesiga investitsiya kiritadi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning «Khan International Investment Consortium» kompaniyasi bosh direktori Habib Xan bilan muzokara oʼtkazdi.