Oʻzbekiston va Gruziya munosabatlari strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi
Boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar.
Boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar.
Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Jumladan:
– Bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro maʼmuriy yordam toʻgʻrisida bitim;
– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– Kasbiy va oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Gruziya Hukumati oʻrtasida 2026-2027-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Gruziya Madaniyat vazirligi oʻrtasida 2027-2030-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Gruziya Moliya vazirligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi;
– “E-Permit” ruxsatnomalar almashinuvi axborot tizimini joriy etish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
– Qishloq xoʻjaligi sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi;
– Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
– Sogʻliqni saqlash sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi;
– Radiatsiyaviy himoya va yadroviy xavfsizlik masalalari boʻyicha hamkorlik hamda axborot almashish toʻgʻrisida memorandum;
– Mehnat migratsiyasi sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi;
– Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum.
Shuningdek, tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan Gruziya Adliya vazirligi huzuridagi Milliy ijro byurosi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum ham imzolandi.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.