Oʻzbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi
Boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar.
Boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar.
Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Jumladan:
– 2026-2030-yillarda savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida 2026-2027-yillarga moʻljallangan maslahatlashuvlar dasturi;
– 2005-yil 19-yanvardagi “Fuqarolarning o‘zaro qatnovlari to‘g‘risida”gi bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;
– Belarus Respublikasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish toʻgʻrisida bitim;
– Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– 2026-2028-yillarga moʻljallangan madaniyat sohasidagi hamkorlik dasturi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi oʻrtasida 2027-2028-yillarga moʻljallangan hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
– Oʻzaro sayyohlar oqimni koʻpaytirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha 2026-2027-yillarga moʻljallangan qoʻshma harakatlar rejasi;
– 2026-2028-yillarda agrosanoat majmuidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
– Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda Belarusning “Bellegprom” davlat konserni oʻrtasida yengil sanoat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Belarus Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi oʻrtasida aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Belarus Respublikasi Moliya vazirligi oʻrtasida moliyaviy masalalar boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Belarus strategik tadqiqotlar instituti oʻrtasida Oʻzbekiston – Belarus ekspertlar kengashini taʼsis etish toʻgʻrisida memorandum;
– Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Belarus Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vazirligi oʻrtasida agrosanoat sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ahdlashuv memorandumi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Belarus Milliy fanlar akademiyasi oʻrtasida ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi.
Shuningdek, tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Belarus Respublikasi Fundamental tadqiqotlar jamgʻarmasi oʻrtasida ham memorandum imzolandi.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston Prezidentining Belarusga rasmiy tashrifi yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi yakunlandi. Poytaxt aeroportida oliy martabali mehmonni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko kuzatib qoʻydi.
Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari samarali muzokaralar yakunlarini sarhisob qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko muzokaralar yakunlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.
Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishlarini taʼkidladilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida muzokara oʻtkazdilar.