Oʼzbekistonda boʼlib oʼtadigan “Togʼ-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2026” xalqaro koʼrgazmasiga 16 davlatdan mutaxassislar jalb etildi
Tadbir doirasida “Resurslardan – global imkoniyatlar sari” shiori ostida “8-Oʼzbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi – UIMF 2026” oʼtkaziladi
2026 yil 27–29-oktyabrь kunlari Toshkent shahridagi “Oʼzekspomarkaz” MKKda “Togʼ-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2026” xalqaro koʼrgazmasi boʼlib oʼtadi.
Koʼrgazma “Iteca Exhibitions” xalqaro koʼrgazma kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group” tashkilotchiligida oʼtkaziladi.
Bu yil oʼzining 20-yillik yubileyini nishonlayotgan “MiningMetals Uzbekistan” mamlakatda sohaning yetakchi koʼrgazma tadbiri hisoblanadi. U anʼanaviy tarzda soʼnggi yechimlar va innovatsiyalarni namoyish etish, sheriklik aloqalarini kengaytirish, zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan tanishish hamda korxonalarni rivojlantirish uchun maydon vazifasini oʼtamoqda.
Bugungi kunga qadar Аvstraliya, Belarusь, Eron, Estoniya, Finlyandiya, Germaniya, Ispaniya, Kanada, Koreya Respublikasi, Qirgʼiziston, Qozogʼiston, Rossiya, Serbiya, Turkiya, Xitoy va Oʼzbekiston kabi 16 mamlakatdan 150 dan ortiq ishtirokchi koʼrgazmada qatnashishini bildirgan.
Tashrif buyuruvchilar koʼrgazmada togʼ-kon sanoati va boyitish texnikasi, metallurgiya va metallsozlik uskunalari, mineral xomashyoni tashish va qayta ishlash, raqamlashtirish, avtomatlashtirish hamda sanoat xavfsizligini taʼminlash texnologiyalari bilan tanishishlari mumkin.
Germaniya bu gal ham milliy pavilьon formatida ishtirok etadi. Xitoy va Turkiya ishlab chiqaruvchilari keng koʼlamli ekspozitsiyani namoyish etadi.
Mamlakatimizning milliy stendi Oʼzbekiston Togʼ-kon sanoati va geologiya vazirligining integratsiyalashgan stendi formatida taqdim etiladi. Unda mamlakatning togʼ-kon va metallurgiya sanoatidagi yetakchi korxonalari – “Navoiy” KMK, “Olmaliq” KMK, “Oʼzmetkombinat”, Oʼzbekiston texnologik metallar kombinati va “Navoiuran” ishtirok etadi.
Koʼrgazmaning biznes dasturi doirasida “Resurslardan global imkoniyatlargacha” shiori ostida “8-Oʼzbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi – UIMF 2026” tashkil etiladi.
“UIMF 2026” togʼ-kon va metallurgiya sanoatining yetakchi vakillari, davlat tuzilmalari, investorlar, texnologik kompaniyalar hamda Markaziy Osiyoning ilmiy hamjamiyatini birlashtiradi.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi
Hurmatli Serdar Gurbanguliyevich! Hurmatli hamkasblar!
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2026-yil 8-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffar Madrahimov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashdi.
Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuvga oid
2026-yil 8-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Shayx Holid al-Maslahiy bilan uchrashuv oʻtkazdi.