O‘zbekiston va Serbiya ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik istiqbollarini kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Serbiya atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan barqaror foydalanish, biologik xilma-xillikni saqlash va ekologik ta’lim sohalarida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ko‘rib chiqmoqda.
O‘zbekiston va Serbiya atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan barqaror foydalanish, biologik xilma-xillikni saqlash va ekologik ta’lim sohalarida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ko‘rib chiqmoqda.
Ekologik muloqotni rivojlantirishdagi muhim qadam sifatida Serbiya Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Sara Pavkov boshchiligidagi delegatsiyasining Samarqand shahrida 2026-yil 30-maydan 5-iyunga qadar bo‘lib o‘tgan Global ekologik jamg‘armaning 8-Assambleyasi hamda 2–4-iyun kunlari o‘tkazilgan o‘tgan “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasigi ishtirokini ko‘rsatish mumkin. Xususan, Serbiya Tomoni ushbu ko‘rgazmada “Yashil investitsiyalar va innovatsiyalar” mavzusidagi yuqori darajadagi yalpi sessiyada qatnashdi.
Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri o‘rmon xo‘jaligi
va o‘rmonlardan barqaror foydalanish sohasida tajriba almashish sanaladi. Serbiya o‘rmon resurslarini boshqarish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish borasida salmoqli amaliy tajribaga ega. 2008–2023-yillar davomida mamlakatdagi o‘rmon hududlari ulushi 25 foizdan 37 foizgacha oshgan. Shu bilan birga, o‘rmonlarning 53 foizi davlat, 47 foizi esa xususiy mulk hisoblanadi.
Bioxilma-xillik va tabiiy ekotizimlarni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik ham alohida ahamiyatga ega. Serbiyada 460 ta tabiiy obyekt muhofaza etiladigan hudud maqomiga ega bo‘lib, ular tarkibiga 5 ta milliy bog‘, 17 ta tabiiy bog‘, 20 ta alohida landshaft hududi, 68 ta qo‘riqxona, 309 ta tabiat yodgorligi hamda 3 ta muhofaza qilinadigan yashash muhiti kiradi. Ushbu tajribani o‘rganish O‘zbekistonda tabiiy hududlar va bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha yondashuvlarni yanada takomillashtirish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
Yana bir istiqbolli yo‘nalish ekologik ta’lim va ilmiy-akademik hamkorlikdir. Xususan, Serbiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish taklif etilmoqda. Bunday loyihalar qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillik va barqaror rivojlanish yo‘nalishlaridagi qo‘shma tashabbuslarni qamrab olishi mumkin.
Serbiyaning “Belgrad” universiteti va “Novi-Sad” universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari ekologiya fanlari yo‘nalishida katta salohiyatga ega bo‘lib, ushbu sohada dunyoning yetakchi universitetlari qatoridan o‘rin olgan. Bu esa ilmiy va tadqiqot hamkorligini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.
Ekologik muloqotni yanada mustahkamlash uchun muhim maydonlardan biri sifatida 2027-yil iyun oyida Toshkent shahrida Toshkent xalqaro investitsiya forumi bilan bir vaqtda o‘tkaziladigan “Eco Expo Central Asia 2027” xalqaro ko‘rgazmasi ham xizmat qilishi mumkin. Forumning asosiy mavzusi “Barqaror rivojlanish va yashil investitsiyalar” bo‘ladi.
Serbiya tomoniga Markaziy Osiyodagi eng yirik ekologik platformalardan biri sifatida o‘zini namoyon etgan mazkur ko‘rgazmada faol ishtirok etish taklif etilmoqda. “Eco Expo Central Asia”ning 2025-yilda Toshkentda va 2026-yilda Samarqandda o‘tkazilishi xalqaro hamjamiyatning mintaqadagi ekologik tashabbuslarga bo‘lgan yuksak qiziqishini namoyish etdi.
Mazkur yo‘nalishlarda O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish ilg‘or tajribalar almashinuvini kengaytirish, qo‘shma ekologik va investitsiyaviy loyihalarni rag‘batlantirish, ilmiy-ta’limiy aloqalarni mustahkamlash hamda barqaror rivojlanish va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini ilgari surish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Maxmud Xaydarov,
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Xalqaro hamkorlik, grantlar
vareytinglarboshqarmasiboshmutaxassisi
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.