Kuvayt bilan o‘tkazilgan siyosiy maslahatlashuvlarning 3-davrasiga oid
2026-yil 29-sentabr kuni O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi videokonferensaloqa tarzida bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 29-sentabr kuni O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi videokonferensaloqa tarzida bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Kuvayt Davlati tashqi ishlar vazirining Osiyo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Navvof Abdullatif al-Ahmad boshchilik qildi.
Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi, mintaqaviy dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.
O'xshash yangiliklar
TIV rahbarining Rossiya elchisi bilan uchrashuvi to‘g‘risida
28-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxovni qabul qildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon startaplar, investorlar va iste’dodlarni o‘ziga jalb qiluvchi xab yaratmoqda
Bugungi kunda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibi bosqichma-bosqich mintaqaviy tus olmoqda.
O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari OHICHKda ishtirok etadi
O‘zbekiston eksportini kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ishonchli logistika, kapitalga kirish imkoniyati hamda xorijiy bozorlarda barqaror va prognoz qilinadigan shart-sharoitlarni talab etadi.