Oʻzbekiston Prezidenti UNEP bilan ekologik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida oʻtayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit boʻyicha dasturi ijrochi direktori Inger Andersen bilan muloqot qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida oʻtayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit boʻyicha dasturi ijrochi direktori Inger Andersen bilan muloqot qildi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va iqlim muammolariga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.
Oʻzaro hamkorlik, shu jumladan, milliy ekologik maʼruzalarni tayyorlash, atrof-muhit monitoringi tizimini takomillashtirish va institutsional salohiyatni mustahkamlash masalalarida izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Ijrochi direktor Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan “Yashil makon”, “Biomeros”, “Toza havo,” “Chiqindisiz hudud” va “Ekomadaniyat” kabi milliy loyihalarni yuqori baholadi. Ularning ekologik barqarorlikni taʼminlash va aholi turmush sifatini oshirishdagi ahamiyati qayd etildi.
Inger Andersen, shuningdek, Oʻzbekiston Prezidentining bugungi sammitda ilgari surilgan tashabbuslarini roʻyobga chiqarish boʻyicha amaliy sheriklikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.