O‘zbekiston va Polsha tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi o‘tkazildi
2026-yil 23-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 11-davrasi bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 23-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 11-davrasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov, Polsha tomoniga esa tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Voytsex Zayyonchkovskiy rahbarlik qildi.
Maslahatlashuvlar davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va o‘zaro manfaatli boshqa sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, ikki mamlakatning tegishli vazirliklari va kompaniyalari o‘rtasida tashriflar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. BMT, Yevropa Ittifoqi va boshqa ko‘p tomonlama xalqaro tuzilmalar doirasidagi ishlarni yaqindan muvofiqlashtirishdan ikki tomonning o‘zaro manfaatdorligi tasdiqlandi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston-Polsha ikki tomonlama hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida muntazam muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O'xshash yangiliklar
Andijonda iqtisodiy oʻsish va aholi farovonligini taʼminlashning ustuvor vazifalari belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-sentabr kuni Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
Bobur shoh koʻchasidagi yangi yoʻloʻtkazgich aholiga katta qulaylik yaratdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi Bobur shoh koʻchasining ikki qismini bogʻlovchi yangi yoʻloʻtkazgich bilan tanishdi.
Andijonda gastronomik turizm koʻchasi tashkil etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining Oʻrikzor mahallasida tashkil etilgan gastronomik turizm koʻchasi bilan tanishdi.