Tehronda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 17-avgust kuni Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 17-avgust kuni Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev, Eron Islom Respublikasi delegatsiyasiga esa tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Majid Taxti-Ravonchi rahbarlik qildi.
Maslahatlashuvlar davomida tomonlar O‘zbekiston-Eron munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, siyosiy muloqotni mustahkamlash va ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport-tranzit aloqalarini kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘zaro manfaatli bo‘lgan mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi muntazam siyosiy muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.