TIVda O‘zbekiston va Ozarbayjon siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 19-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Bobur Usmanov va Samir Sharifov darajasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 19-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Bobur Usmanov va Samir Sharifov darajasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida tomonlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhidagi O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, siyosiy muloqotni mustahkamlash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Bo‘lajak Oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, transport, logistika, energetika hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish zarurligi alohida ta’kidlandi. Sanoat sohasida yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, ikki tomonlama savdo hajmini yanada oshirish uchun mavjud salohiyatdan maksimal darajada foydalanish, shuningdek, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni faollashtirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, o‘zaro manfaatdor bo‘lgan mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.