Bobur shoh koʻchasidagi yangi yoʻloʻtkazgich aholiga katta qulaylik yaratdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi Bobur shoh koʻchasining ikki qismini bogʻlovchi yangi yoʻloʻtkazgich bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi Bobur shoh koʻchasining ikki qismini bogʻlovchi yangi yoʻloʻtkazgich bilan tanishdi.
Inshoot shaharning ikki qismini toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlab, transport harakatini yengillashtirish va ortiqcha aylanma yoʻlni bartaraf etishga xizmat qiladi. Umumiy qiymati 271 milliard soʻm boʻlgan loyiha davlatimiz rahbarining Andijon viloyatiga avvalgi tashrifi chogʻida bergan topshirigʻi asosida amalga oshirildi.
Yoʻloʻtkazgichning umumiy uzunligi 796 metr, kengligi 25,9 metrni tashkil etadi. Uning 596 metri estakada, 200 metri esa tirgak devorli yoʻl qismidan iborat.
Yangi inshoot, eng avvalo, aholi uchun katta qulaylik yaratdi. Andijon shahri va Oltinkoʻl tumanida yashovchi 140 ming nafar aholi endilikda 5,3 kilometr ortiqcha yoʻl bosmaydi.
Shuningdek, maxsus xizmatlarning qatnov masofasi 15 kilometrdan 9,3 kilometrga qisqardi. Ortiqcha masofa hamda temir yoʻl kesishmasidagi kutishlarning bartaraf etilishi natijasida manzilga yetib borish vaqti 17 daqiqagacha kamayadi.
Ayniqsa, bu shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishda muhim ahamiyatga ega. Endilikda bemorlarni shoshilinch tibbiy yordam markaziga avvalgidan 14 daqiqa ertaroq yetkazish imkoni yaratildi.
O'xshash yangiliklar
Andijonda gastronomik turizm koʻchasi tashkil etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining Oʻrikzor mahallasida tashkil etilgan gastronomik turizm koʻchasi bilan tanishdi.
Asaka adirlarida zamonaviy ekoturizm majmuasi barpo etildi
Andijon viloyati Asaka tumanidagi adirliklar musaffo havosi va oʻziga xos tabiati bilan ajralib turadi.
Ilgʻor texnologiya asosida paxta hosildorligi ikki barobar oshirilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Agroklaster Oltinkoʻl” korxonasida Shinjon usuli asosida paxta yetishtirish jarayonini koʻzdan kechirdi.