Shri-Lanka Milliy Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
O‘zbekistonning Shri-Lankadagi elchisi (qarorgohi Islomobod shahrida joylashgan) Alisher To‘xtayev Shri-Lanka Milliy savdo-sanoat palatasi raisi Anura Varnakulassuriya bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekistonning Shri-Lankadagi elchisi (qarorgohi Islomobod shahrida joylashgan) Alisher To‘xtayev Shri-Lanka Milliy savdo-sanoat palatasi raisi Anura Varnakulassuriya bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot avvalida diplomatik vakolatxona rahbari O‘zbekiston amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy kompaniyalar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, shuningdek, izchil rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Shri-Lanka o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da faollashtirish, ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolli yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish masalalariga eʼtibor qaratdi.
Xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to‘qimachilik sanoati, logistika, farmatsevtika va turizm sohalari o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qayd etildi. Shuningdek, mazkur sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida B2B formatdagi uchrashuvlarni tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.
Turizm sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish muzokaralarning markaziy mavzularidan biri bo‘ldi. Shri-Lanka tomoniga O‘zbekistonning boy sayyohlik salohiyati, bebaho tarixiy-madaniy merosi, shuningdek, Shri-Lanka fuqarolari uchun O‘zbekistonga sayohat qilishda joriy etilgan soddalashtirilgan viza tartibi haqida maʼlumot berildi.
Shri-Lanka Milliy savdo-sanoat palatasi raisi Anura Varnakulassuriya O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy, transport va turizm sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash har ikki tomon uchun manfaatli ekanini taʼkidladi. Uning aytishicha, Palataga aʼzo bo‘lgan Shri-Lanka tadbirkorlari O‘zbekistonga investitsiya kiritishga katta qiziqish bildirmoqda.
Bundan tashqari shu yil 18–21 iyun kunlari Shri-Lankada o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Sri-Lanka Expo-2026» ko‘rgazmasiga O‘zbekiston vakillarining ishtirokini tashkil etish taklifi ilgari surildi.
– Ikki tomonlama manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida yaqin kelajakda Shri-Lanka Milliy savdo-sanoat palatasiga aʼzo kompaniyalar delegatsiyasining O‘zbekistonga safari tashkil etish, shuningdek, iqtisodiy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan biznes-forumlar va davra suhbatlarini o‘tkazishni rejalashtiryapmiz, – dedi Anura Varnakulassuriya. – Bunday tadbirlar ikki mamlakat biznes doiralari o‘rtasida mustahkam sheriklikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish hamda yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur uchrashuv doirasida muhokama qilingan masalalar va ilgari surilgan tashabbuslar O‘zbekiston va Shri-Lanka o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm jabhasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlash, shuningdek, kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi.
O'xshash yangiliklar
Islomobodda «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi – 2027» tashabbusi taqdimot qilindi
Pokiston poytaxti Islomobod shahrida oʼtkazilgan «4th SES Diplomatic Network–2026» tadbirida Oʼzbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati va «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi–2027» (Pakistan–Uzbekistan Business Exchange – 2027) tashabbusi taqdim etildi.
O‘zbekiston–Pokiston tadbirkor ayollari forumi tashkil etiladi
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev ushbu davlatda xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi Gulnora Mahmudova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik, savdo va investitsiya aloqalari yangi bosqichga olib chiqiladi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi – sanoat va ishlab chiqarish vaziri Harun Axtar Xon bilan uchrashdi.