Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasida qo‘shimcha muntazam yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekistonning xususiy «Centrum Air» aviakompaniyasi “Toshkent-Lahor-Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha muntazam havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi.
O‘zbekistonning xususiy «Centrum Air» aviakompaniyasi “Toshkent-Lahor-Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha muntazam havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi.
Shu yil 21-aprel kuni mazkur aviakompaniyaning «SU 6561» reysi mahalliy vaqt bilan soat 06:30 da Lahor shahridagi Alloma Iqbol nomidagi xalqaro aeroportga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
Lahor xalqaro aeroportida ilk parvoz xalqaro aviatsiya tartib-taomillariga muvofiq tantanali ravishda suv arkasi bilan kutib olindi va rasmiy marosim tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev, O‘zbekistonning Panjob provinsiyasidagi faxriy konsuli Najib Vohra, Alloma Iqbol nomidagi xalqaro aeroport rahbariyati, havo kemasi komandiri va ekipaj aʼzolari, yetakchi turistik kompaniyalar vakillari, mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda Toshkentdan uchib kelgan va Lahordan yo‘lga chiqayotgan yo‘lovchilar ishtirok etdi.
Ilk parvozni kutib olish marosimida so‘zga chiqqan Pokiston vakillari “Toshkent–Lahor–Toshkent” yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan navbatdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston hududlari va Karachi shahri o‘rtasida ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish zarurligi taʼkidlandi.
Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, “Toshkent–Lahor” yo‘nalishidagi parvozlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirish, mintaqaviy bog‘liqlik tashabbusi doirasida savdo, investitsiya va turizm sohalaridagi mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanish hamda uni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga navbatdagi amaliy natija bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu aviaqatnovlar O‘zbekiston orqali Markaziy Osiyo mamlakatlari va Pokiston o‘rtasida qulay, tezkor va xavfsiz havo yo‘lini shakllantirishga xizmat qiladi.
– «Centrum Air» kompaniyasining Pokiston bozoriga kirib kelishi ushbu mamlakatdagi «Gerry‘s Group» kabi kuchli va tajribali hamkor tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganidan mamnunmiz, – dedi «Centrum Air» aviakompaniyasi vakili Adil Mirza. – “Lahor–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha havo qatnovlarining ochilishi mintaqaviy aloqalarni kuchaytirish va yo‘lovchilarga tarmog‘imiz bo‘ylab yana-da samarali sayohat imkoniyatlarini taqdim etish bo‘yicha kengroq maqsadlarimizni aks ettiradi.
Shuningdek, ushbu yangi yo‘nalish bilan «Centrum Air» o‘z parvozlar geografiyasini kengaytirishni davom ettirmoqda va Markaziy Osiyoni dunyoning muhim yo‘nalishlari bilan bog‘lovchi ishonchli hamda faol aviakompaniya sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda.
Rasmiy tadbir yakunlanganidan so‘ng samolyot 180 nafar yo‘lovchi bilan Lahordan Toshkentga uchib ketdi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda “Toshkent–Islomobod” va “Toshkent–Lahor” yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan aviaqatnovlar soni 6 taga yetdi. Ulardan ikkitasi “Toshkent–Islomobod”, to‘rttasi esa “Toshkent–Lahor” yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi.
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.