Toshkent va Karachi shaharlari oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri aviaqatnovlar yoʼlga qoʼyildi
3-sentyabrdan boshlab «Centrum Air» aviakompaniyasi tomonidan Toshkent va Karachi shaharlari oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri aviaqatnovlar yoʼlga qoʼyildi.
3-sentyabrdan boshlab «Centrum Air» aviakompaniyasi tomonidan Toshkent va Karachi shaharlari oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri aviaqatnovlar yoʼlga qoʼyildi.
Shu kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:20 da aviatashuvchining «Airbus A320» rusumli samolyoti Toshkentdan Karachiga yetib keldi. Аnʼanaga koʼra, havo kemasi Karachi aeroportida suvli arka bilan tantanali tarzda kutib olindi.
Tantanali kutib olish marosimida Sind viloyati rahbariyati va mahalliy hukumat rasmiylari, Karachidagi diplomatik korpus, Sind turizmni rivojlantirish korporatsiyasi, aviatashuvchilar, turoperatorlar hamda OАV vakillari ishtirok etdi.
Unda soʼzga chiqqan Sind viloyati hukumati vakillari mazkur reysni Oʼzbekiston tomonidan ikki birodar xalqni yanada yaqinlashtirish, turistik oqimni oshirish hamda biznes-diplomatiyani qoʼllab-quvvatlash yoʼlida tashlangan navbatdagi amaliy qadam sifatida eʼtirof etdi.
Tadbir doirasida Oʼzbekiston elchixonasi va «Centrum Air» rahbariyati ishtirokida Karachi xalqaro aeroportida matbuot anjumani tashkil etildi.
Shu tariqa, Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasidagi toʼgʼridan-toʼgʼri aviaqatnovlar soni haftasiga 8 taga yetdi.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi
23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Germaniyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mattias Follert bilan uchrashdi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-yil 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi.
Eron Elchisi bilan uchrashuvga oid
2026-yil 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.