O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ar-Riyod shahridagi Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportga husiylar tomonidan amalga oshirilgan, begunoh insonlarning halok boʻlishi va tinch aholi vakillarining jarohatlanishiga olib kelgan mudhish hujumdan chuqur qaygʻuda ekanini bildiradi va ushbu hujumni qatʼiy qoralaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ar-Riyod shahridagi Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportga husiylar tomonidan amalga oshirilgan, begunoh insonlarning halok boʻlishi va tinch aholi vakillarining jarohatlanishiga olib kelgan mudhish hujumdan chuqur qaygʻuda ekanini bildiradi va ushbu hujumni qatʼiy qoralaydi.
Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiramiz, ushbu fojiali voqea oqibatida jabrlanganlarga chuqur hamdardlik izhor etamiz. Jarohat olganlarning tezroq va toʻliq sogʻayib ketishini tilaymiz. Shuningdek, Saudiya Arabistoni Podshohligining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashimizni yana bir bor tasdiqlaymiz.
Tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi obyektlariga hujumlar xalqaro huquq normalarining jiddiy buzilishi hisoblanadi va bunday harakatlar zudlik bilan toʻxtatilishi shart. Tinch aholi hayotini himoya qilish va muhim infratuzilma obyektlari xavfsizligini taʼminlash soʻzsiz ustuvor vazifa boʻlib qolishi lozim.
Bunday hujumlarni zudlik bilan toʻxtatishga chaqiramiz hamda barcha tomonlarni vazminlik koʻrsatishga, keskinlikning yanada avj olishiga yoʻl qoʻymaslikka, kelishmovchiliklarni xalqaro huquq normalari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillariga muvofiq, muloqot va diplomatik vositalar orqali hal etishga qatʼiy daʼvat etamiz.
Oʻzbekiston Respublikasi birodar Saudiya Arabistoni Podshohligi xalqi va Hukumati bilan birdamligini izhor etadi hamda mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.
O'xshash yangiliklar
Ruminiya elçisi bilan uçraşuv töğrisida
27-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Ruminiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Daniyel Kristian Çobanu bilan uçraşdi.
TIV rahbari Daniyaning Özbekistondagi yangi tayinlangan elçisidan işonç yorliqlarini qabul qildi
27-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Daniyaning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elçisi Lars Tuyesenning işonç yorliqlarini qabul qildi.
TIV rahbari BMT Boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili bilan uchrashuvi to‘g‘risida
26-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan uçraşdi.