Yoqilg‘i-energetika sohasidagi murojaatlar tahlil qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga yoqilg‘i-energetika sohasida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularda ko‘tarilgan muammolarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida bartaraf etish yuzasidan axborot berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga yoqilg‘i-energetika sohasida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularda ko‘tarilgan muammolarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida bartaraf etish yuzasidan axborot berildi.
Aholini elektr energiyasi va gaz bilan barqaror ta’minlashda fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish, ular asosida joylardagi muammolarni aniqlab, manzilli choralar ko‘rish muhim ahamiyatga ega.
2026-yilning birinchi yarmida yoqilg‘i-energetika sohasiga oid 39 ming 220 ta murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 ming 820 ta yoki 26,1 foiz kam.
Ularning 50 foizi tabiiy va suyultirilgan gaz, 38,3 foizi elektr ta’minoti bilan bog‘liq.
Murojaatlarda asosan suyultirilgan gaz ballonlarini to‘ldirish, elektr ta’minotidagi uzilishlar, elektr tarmoqlarini qurish va ta’mirlash hamda tabiiy gaz bosimi bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.
Murojaatlarning umumiy soni kamayganiga qaramay, har bir murojaatni alohida holat sifatida emas, balki muayyan hudud, tarmoq yoki xizmatdagi muammoni ko‘rsatuvchi muhim signal sifatida o‘rganish zarurligi ta’kidlandi.
Kuz-qish mavsumi oldidan takroriy murojaatlar kelib tushayotgan mahalla va obyektlarni xatlovdan o‘tkazish, elektr va gaz tarmoqlarining texnik holatini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududlar kesimida manzilli rejalar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Ayniqsa, elektr ta’minotida uzilishlar ko‘p kuzatilayotgan hududlarda tarmoq va transformatorlarni ta’mirlash, avariya brigadalarining shayligini oshirish, tabiiy gaz bosimi bilan bog‘liq muammolar mavjud joylarda ta’minot barqarorligini ta’minlash muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, suyultirilgan gaz ballonlarini to‘ldirish va aholiga yetkazib berish grafiklariga qat’iy rioya qilish, ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlarda qo‘shimcha zaxira va imkoniyatlarni safarbar etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarga murojaatlarda ko‘tarilgan tizimli muammolarni kuz-qish mavsumi boshlanguniga qadar hal etish, bunda mahalliy hokimliklar, “mahalla yettiligi” hamda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan birgalikda tizimli ish olib borish zarurligiga urg‘u berildi.
Mavsumga tayyorgarlik ishlarini muddatida va sifatli yakunlash, aholi hamda ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy va suyultirilgan gaz, shuningdek, boshqa yoqilg‘i resurslarini barqaror yetkazib berish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
O'xshash yangiliklar
Sud-huquq tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Hududlarda yoqilgʻi-energetika sohasidagi ishlarni tizimli tashkil etish vazifalari belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga “Yangiyoʻl tajribasi” asosida hududlarda isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash, energiya samaradorligini oshirish, tarmoqlardagi yoʻqotishlar va debitorlik qarzdorlikni keskin kamaytirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi.