Hindiston Bosh vaziri davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 29-30-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 29-30-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Boʻlajak muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston – Hindiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash hamda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Tizimli siyosiy muloqot va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, energetika, kimyo, geologiya, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, mashinasozlik va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida aniq dasturlar va kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga ustuvor eʼtibor qaratiladi.
Xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari hamda koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashiladi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini imzolash koʻzda tutilgan.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.