Oʻzbekiston va Eron Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Eron Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat va masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Muloqot davomida keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda boʻlajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdilar.
O'xshash yangiliklar
Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga
Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar!
O‘zbekiston turizm sohasi xodimlariga
Qadrli do‘stlar! Avvalo, siz, azizlarni 27-sentabr – Butunjahon turizm kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.