Oʻzbekiston Prezidenti ICESCO bilan hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi.
Oʻzbekiston va Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli instituti oʻrtasida koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Xalqaro tuzilma bilan amaliy hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ICESCO kafedrasi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda Toshkentda tashkilotning ofisi ochildi. Fevral oyida Islom olami madaniy merosi qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi yakunlariga koʻra, mamlakatimizning 7 ta moddiy va nomoddiy meros obyekti ICESCO roʻyxatiga kiritildi.
Muloqotda madaniy yodgorlik va qoʻlyozmalarni restavratsiyalash, muhofaza qilish hamda raqamlashtirish, yurtimizning boy tarixiy merosini xalqaro media platformalari orqali keng targʻib qilish, shuningdek, qoʻshma tadbirlar oʻtkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Prezidenti xalqimizning boy madaniy merosini keng ommalashtirishga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun Salim al-Malikni yuksak mukofot – “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.