Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyul kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborovni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyul kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborovni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻtgan yilda tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshdi, joriy yilning oʻtgan davrida esa oʻsish qariyb 40 foizni tashkil etdi.
Qurilish, energetika, geologiya, logistika, moliya, yoqilgʻi, toʻqimachilik, turizm va boshqa tarmoqlarda, shu jumladan, qoʻshma Investitsiya kompaniyasi ishtirokida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi taʼkidlandi.
Shu maʼnoda, bugun boʻlib oʻtgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishlarining yakunlari yuksak baholandi. Shuningdek, ikki mamlakat hududlari forumi natijador oʻtishini taʼminlash zarurligi qayd etildi.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.