O‘zbekiston Prezidenti Belgiya qiroli bilan uchrashdi
Bryussel shahriga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Belgiya qiroli Filippning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Saroy.
Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston rahbari va Yevropa Ittifoqi rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralarning samarali natijalarini yuqori baholab, Qirol Filipp mamlakatimiz rahbarini Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma
imzolangani bilan samimiy tabrikladi. style="text-align: justify;">O'zbekiston-Belgiya shartnomalari izchil rivojlanib borayotgani munosabatlardan mamnunlik bilan qayd etildi. Vazirlar darajasida faol aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, siyosiy maslahatlashuvlar muntazam o‘tkazilmoqda, ikki davlat parlamentlarida do‘stlik guruhlari tashkil etilgan.
Madaniy-gumanitar hamkorlik mustahkamlanmoqda. Toshkent va Kortriyk, Samarqand va Lyej o‘rtasida qardosh shahar aloqalari o‘rnatildi. Kortriyk shahrida buyuk olimimiz Ibn Sinoning byusti ochildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, Belgiya kompaniyalari O‘zbekistonda, xususan, to‘qimachilik, logistika va xizmat ko‘rsatish sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili Toshkentda Benilüks Savdo palatasi ochildi.
Suhbat chog‘ida Belgiya kompaniyalarining O‘zbekistonga yangi biznes missiyalarini tashkil etish, shuningdek, o‘zaro madaniy tadbirlar o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
Qirol Filipp davlatimiz rahbarini uchrashuvga taklif qildi. O‘zbekiston.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.