Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustinni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustinni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Mixail Mishustin davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston – Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Tovar ayirboshlash barqaror oʻsib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan buyon uning hajmi 20 foizga oshdi. Energetika, metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish surʼatini saqlab qolishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish hamda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston yetakchisi hududlar darajasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda madaniy va taʼlim almashinuvi dasturlarini ilgari surish muhimligini taʼkidladi.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.