Oʻzbekiston Prezidenti “Kelajak oʻyinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida “Kelajak oʻyinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida “Kelajak oʻyinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
“Baris Arena” muz saroyida oʻtkazilgan tadbirda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va boshqa xorijiy mehmonlar ham qatnashdi.
Marosim ishtirokchilariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin videomurojaat yoʻlladi.
Tadbirning tantanali qismida fijital sportning mazmun-mohiyati, yaʼni raqamli bellashuvlarni anʼanaviy sport turlari hamda jismoniy faollik bilan birlashtiruvchi yoʻnalishlari haqida maʼlumot berildi. Musobaqaning gʻoyasi yoshlarni anʼanaviy sport bilan shugʻullanishga daʼvat etishdir.
Davlatimiz rahbari xalqaro turnir ishtirokchilarini qutladi.
Bugun sport va texnologiyalar vazirlari, diplomatik missiyalar rahbarlari hamda boshqa yuqori martabali vakillar ishtirokida fijital sport boʻyicha sammit ham boʻlib oʻtdi.
Birinchi “Kelajak oʻyinlari” 2024-yilda Qozon shahrida oʻtkazilgan. Uning ochilish marosimida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan edi. Ikkinchi turnir esa 2025-yilda Abu-Dabi shahrida boʻlib oʻtdi.
Bu galgi musobaqalarda Oʻzbekiston vakillari fijital futbol, lazertag va raqs yoʻnalishlari boʻyicha bellashadi.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.