Oʻzbekiston Prezidenti Amman shahriga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Iordaniyaga keldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Iordaniyaga keldi.
Mamlakat havo hududida davlatimiz rahbarining samolyotiga Podshohlik Harbiy-havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.
Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda Prezidentimiz va uning rafiqasini Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn va Malikasi Raniya al-Abdulla, shahzoda G‘oziy ibn Muhammad va rafiqasi kutib oldilar.
Oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Yetakchilar rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar va faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 24-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
O'xshash yangiliklar
Polşa Şarq tadqiqotlari markazi direktori bilan uçraşuv töğrisida
2026-yil 23-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça Maxsus vakili Ismatulla Irgaşev Polşa Şarq tadqiqotlari markazi direktori Voytsex Kononçuk bilan uçraşdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Iordaniyaga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan 23-noyabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan 23-24-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.