Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II taklifiga binoan 5-6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II taklifiga binoan 5-6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.
Davlatimiz rahbari sunʼiy intellekt sohasida xavfsizlikni taʼminlash, uning terroristik va ekstremistik maqsadlarda ishlatilishiga qarshi kurashish, yangi texnologik xatar hamda tahdidlarga javob qaytarishda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.
Aqaba jarayoni 2015-yilda Podshoh Abdulla II tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbus boʻlib, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda xavfsizlikni taʼminlash sohasida tajriba almashish va qoʻshma saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston dehqon va fermerlari hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlariga
Qadrli vatandoshlar! Hurmatli dehqon va fermerlar, klaster xodimlari, dala mehnatkashlari!
Dron texnologiyalarini iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etish masalalari koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va sohani tartibga solishga doir taqdimot bilan tanishdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Tojikiston parlamenti Majlisi milliy Raisini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi Majlisi oliy Majlisi milliy Raisi Rustami Emomalini qabul qildi.