Davlatimiz rahbari Armaniston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
8-oktabr kuni Avazadagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv oʻtkazdi.
8-oktabr kuni Avazadagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston – Armaniston koʻp qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Turli darajalarda faol aloqalar yo‘lga qoʻyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda ikki mamlakat oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazildi.
Oʻzaro savdo hajmi ortib bormoqda, mamlakatimizda Armaniston sarmoyasi ishtirokida 80 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Poytaxtlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov yoʻlga qoʻyilgan.
Qishloq xoʻjaligi, zargarlik, yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.
Bu borada Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va qoʻshma ishbilarmonlik tadbirlarini samarali oʻtkazish zarurligi qayd etildi.
Tomonlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar va koʻp tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni ham muhokama qildilar.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzishi toʻgʻrisida bitim imzolandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari doirasidagi hamkorlikning muhim yoʻnalishlarini belgilab berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqi
Hurmatli Serdar Gurbanguliyevich! Hurmatli davlat rahbarlari!