Oʻzbekiston Prezidenti va YXHT Parlament assambleyasi raisi hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilab oldilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi raisi Pere Joan Pons Sampyetroni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi raisi Pere Joan Pons Sampyetroni qabul qildi.
Uchrashuvda YXHT va uning Parlament assambleyasi bilan hamkorlikni, jumladan, parlamentlararo muloqotni yanada rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Ushbu nufuzli tuzilma bilan aloqalarning ijobiy surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi. YXHT Parlament assambleyasida Oʻzbekistonning doimiy delegatsiyasi faoliyat yuritmoqda, assambleya vakillari mamlakatimizdagi saylovlarni kuzatish jarayonlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Ekologiya, migratsiya va transport sohalarida konstruktiv muloqot yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekiston vakili assambleyaning Migratsiya boʻyicha maxsus qoʻmitasi tarkibiga kiritilgan.
Xalqaro masalalar, jumladan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan ham fikr almashildi.
Amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida yangi ustuvor yoʻnalishlarni belgilab beradigan qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi bayonoti
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining yangi Boş kotibini tayinlaş jarayoni global çaqiriqlar kuçayib borayotgan şaroitda BMT nufuzini mustahkamlaş va uning faoliyati samaradorligini oşirişda alohida ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekiston Prezidenti Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hayʼati raisini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-oktabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hayʼati raisi Baqitjan Sagʻintayevni qabul qildi.
Qarshi davlat universitetining taʼlim va tadqiqotlar uchun imkoniyatlari yanada kengaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi davlat universitetida ham boʻlib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.