Özbekiston Prezidenti va Iordaniya Podşohi tor doirada uçraşuv ötkazdilar hamda oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar
Ammon şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn rafiqalari iştirokida uçraşuv ötkazdilar.
Ammon şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn rafiqalari iştirokida uçraşuv ötkazdilar.
Davlatimiz rahbari Özbekiston delegatsiyasiga körsatilayotgan alohida izzat-ikrom va eʼtibor uçun Podşohga samimiy minnatdorlik izhor etib, sönggi yillarda Iordaniya erişayotgan ulkan yutuqlarni yuksak baholadi.
Oliy darajadagi taşrif arafasida taşkil etilgan qator tadbirlar davlatlarimiz örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi taʼkidlandi.
Uçraşuvdan söng ikki mamlakat yetakçilarini oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Davlatimiz rahbariga Iordaniyaning oliy davlat mukofoti – “Al Husayn ibn Ali” ordeni tantanali ravişda topşirildi.
Özbekiston Prezidenti uşbu yuksak mukofotda nafaqat ikki davlat örtasidagi hamkorlik riştalarini mustahkamlaşga qöşgan şaxsiy hissasiga berilgan eʼtirofni, balki Iordaniya Podşohining özbek xalqiga nisbatan çeksiz hurmati, köp qirrali munosabatlarimiz rivojiga qaratayotgan ulkan eʼtiborining yorqin namunasini körişini mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Öz navbatida, davlatimiz rahbari Iordaniya Podşohini mamlakatlarimiz örtasidagi yaqin döstlik munosabatlari va özaro anglaşuvni mustahkamlaş, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni izçil rivojlantirişga qöşgan salmoqli hissasi uçun “Oliy Darajali Döstlik” ordeni bilan taqdirladi.
Taʼkidlanganidek, uşbu mukofot Podşoh Abdulla II ibn al-Husaynning ikki tomonlama munosabatlarni kengaytiriş yölidagi ulkan saʼy-harakatlariga Özbekiston xalqi va davlati tomonidan bildirilgan yuksak ehtirom ifodasidir.
Iordaniya yetakçisi bunday samimiy eʼtirof uçun Prezidentimizga çuqur minnatdorlik bildirib, uşbu mukofotni butun Iordaniya xalqiga, mamlakatlarimiz örtasidagi azaliy döstlik va mustahkam hamkorlikka körsatilgan alohida hurmat ramzi sifatida qabul qilişini taʼkidladi.
O'xshash yangiliklar
Özbekiston va Iordaniya örtasida strategik şeriklik munosabatlari örnatildi
Ammon şahrida ötkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohi Abdulla II ibn Al-Husayn huzurida özaro hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi.
Özbekiston Prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi
Ammon şahridagi “Al-Husayniya” saroyida davlat taşrifi bilan Iordaniya Hoşimiylar Podşohligida bölib turgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi ötkazildi.
Özbekiston Prezidenti şarafiga rasmiy qabul marosimi ötkazildi
Ammon şahridagi “Al-Husayniya” saroyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev şarafiga Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn tomonidan rasmiy qabul marosimi uyuştirildi.