Davlatimiz rahbari Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni boʻldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi asnosida anʼanaviy gullar festivaliga tashrif buyurdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi asnosida anʼanaviy gullar festivaliga tashrif buyurdi.
Festival muddati 2018-yildagi 3 kundan 2025-yilda 40 kunga uzaytirilgani natijasida xorijlik sayyohlar soni 25 mingdan 800 ming nafarga, mahalliy turistlar esa 6,4 million nafarga yetdi.
Navbatdagi maqsad – 50 dan ortiq davlatdan 1 million nafar xorijiy va 7 million nafar mahalliy turistni jalb etish, 150 dan ziyod tadbir oʻtkazish hamda xizmatlar hajmini 8 trillion soʻmga yetkazish.
Joriy yil 24-maydan 12-iyulga qadar davom etadigan 65-xalqaro gullar festivali ham oʻzgacha shukuh bilan oʻtmoqda.
Festival “Ginnessning rekordlar kitobi”ga rasman kiritildi. Uning doirasida kitob vakillari bir oy davomida Namangan shahri aholisi tomonidan 29 milliondan ziyod gul koʻchati qoʻlda ekilishi jarayonini kuzatdi. Natijada jahon rekordi qayd etildi.
Namangan shahrining 45 ta mahallasi gulchilikka ixtisoslashtirilib, 16 ming xonadon qamrab olindi, 21 ming nafar aholining bandligi taʼminlandi. Ushbu xonadon tomorqalarida mart-aprel oylarida 4 ming 683 ta issiqxona tashkil etilib, 120 million dona gul koʻchati yetishtirildi. Odamlar qoʻshimcha 300 milliard soʻm daromadga ega boʻldi.
Davlatimiz rahbari festival doirasida barpo etilgan gul kompozitsiyalari, mavzuli maydonlar va koʻrgazmalarni koʻzdan kechirdi. Gulchilik bilan shugʻullanayotgan aholi, tadbirkorlar, festival ishtirokchilari va mehmonlarni qutladi.
O'xshash yangiliklar
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Hindiston Bosh vaziri davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 29-30-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Oʻzbekiston Prezidenti Singapurning Katta vazirini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni Singapur Respublikasining Katta vaziri Li Syan Lun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.