Ozarbayjon Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 23-24-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 23-24-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Sammit kun tartibidan Oʻzbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar va hududlar oʻrtasidagi kooperatsiyani chuqurlashtirish, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari diqqat markazida boʻladi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashadilar, koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar.
Muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar toʻplamini imzolash hamda qator iqtisodiy va gumanitar loyihalarni ishga tushirish koʻzda tutilgan.
Qayd etish joizki, ayni kunlarda Oʻzbekistonda ikki mamlakat hududlari forumi hamda boshqa qoʻshma tadbirlar oʻtkazilmoqda.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.