Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari zamonaviy toʻqimachilik korxonasiga tashrif buyurdilar
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida mamlakatimiz yengil sanoatining imkoniyatlari bilan tanishdi.
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida mamlakatimiz yengil sanoatining imkoniyatlari bilan tanishdi.
Davlat rahbarlari Buxoro viloyatidagi “Merganteks” paxta-toʻqimachilik klasteri tarkibidagi “Nigora” fabrikasiga tashrif buyurdilar.
Qiymati 35 million dollarlik loyiha doirasida tashkil etilgan fabrika paxta xomashyosini qayta ishlashdan tortib, tayyor mato va kiyim-kechak tayyorlashgacha boʻlgan uzluksiz ishlab chiqarish zanjirini yoʻlga qoʻygan.
“Shoyigul” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan tikuv-trikotaj va tayyor kiyim mahsulotlari asosan Yevropa mamlakatlariga, xususan, Italiya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Germaniyaga eksport qilinmoqda. Bu yerda 840 ta ish oʻrni yaratilgan.
Korxonada xalqaro standartlarga javob beruvchi zamonaviy yuqori texnologik uskunalar Xitoy, Germaniya va Belgiyadan olib kelingan. Ikkinchi bosqichda sintetik tolalar va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.
Oliy martabali mehmonlar korxonaning shou-rumini va tayyor mahsulotlar namoyishini koʻzdan kechirdilar.
Yiliga 10 million dollarlik eksport qilayotgan fabrika mahsulotlarining sifati Tojikiston delegatsiyasi tomonidan yuqori baholandi.
Prezidentlar mamlakatlarimizning ilgʻor korxonalari oʻrtasidagi kooperatsiyani kengaytirish muhimligini taʼkidladilar.
O'xshash yangiliklar
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Hindiston Bosh vaziri davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 29-30-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Oʻzbekiston Prezidenti Singapurning Katta vazirini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni Singapur Respublikasining Katta vaziri Li Syan Lun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.