Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat, doʻst Oʻzbekiston xalqining farovonligi yoʻlidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Rossiya har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash koʻrsatkichlarining oʻsish surʼatlarini saqlab qolish, ustuvor yoʻnalishlarda yetakchi korxona va kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar almashinuv faol davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.
O'xshash yangiliklar
Andijonda toʻqimachilik sanoatiga sunʼiy intellekt va dual taʼlim joriy etilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Eco Cotton” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Andijon xalqaro aeroporti rekonstruksiyasining ikkinchi bosqichi jadal davom etmoqda
Andijon xalqaro aeroporti zamonaviy qiyofa kasb etib, uning imkoniyatlari kengaymoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatga tashrifi mazkur obyektda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan boshlandi.
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.