Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari tarixiy hujjat – Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnoma hamda Oliy davlatlararo kengash uchinchi yigʻilishining qarorini imzoladilar.
Davlat rahbarlari huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:
– Pensiya taʼminoti sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– Madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– 2030-yilga qadar tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish boʻyicha dastur;
– Investitsiyalar va savdo sohasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;
– Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2027-2028-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
– Adliya vazirliklari oʻrtasida 2027-2028-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
– Kinologiya sohasida tajriba almashish va hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
– Urganch va Xonkendi, Buxoro va Lochin, Urganch va Naxchivon shaharlari oʻrtasida birodarlik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bayonnomalar.
O'xshash yangiliklar
Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt ishga tushirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston – Ozarbayjon sammiti yakunlandi
Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.