Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Davlatimiz rahbari Ostona shahrida “Kelajak oʻyinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
“Kelajak oʻyinlari” oʻzida anʼanaviy sport turlari va ularning raqamli shakllarini mujassam etgan.
Musobaqa 29-iyuldan 9-avgustga qadar 50 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, Oʻzbekiston sportchilari ishtirokida oʻtkaziladi.
O'xshash yangiliklar
Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-sentabr kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Nukusda futbol va boshqa sport turlari uchun zamonaviy infratuzilma yaratildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida Nukus shahridagi rekonstruksiya qilingan “Turon” stadioni bilan tanishdi.
Nukusda xalqaro ta’lim dasturi asosida malakali kadrlar tayyorlanmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi.