Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari dastlab yurtimizda taʼlimning uzviyligini taʼminlash borasidagi ishlar, erishilgan natijalar va kelgusi rejalar taqdimotini koʻzdan kechirdi. “Maktabgacha taʼlim”, “Maktab taʼlimi”, “Iqtidorli maktab oʻquvchilari”, “Professional taʼlim” va “Oliy taʼlim” pavilyonlarida bolaning ilk yoshidan kasb egallashiga qadar boʻlgan taʼlim bosqichlaridagi islohotlar namoyish etilgan.
Mamlakatimiz yetakchisi universitetning oʻquv va ilmiy infratuzilmasi bilan tanishdi. “Kelajak muhandislari” maydoni, Bloomberg laboratoriyasi, fizika oʻquv laboratoriyasi, muhandislik fanlari oʻquv zali va Apple Training Center oʻquv markazida talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida axborot berildi.
Shuningdek, Idrock sunʼiy intellekt klasteri, biotexnologiya va bioinformatika laboratoriyasi, materialshunoslik, lazer va nanotexnologiyalar hamda ADM mashinasozlik laboratoriyalarining faoliyati namoyish etildi. Bu maydonlar talabalarning nazariy bilimini amaliy mashgʻulotlar, tadqiqot va loyihalar bilan bogʻlashga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari universitetning professor-oʻqituvchilari va talabalari, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish boʻyicha xorijlik hamkorlari bilan suhbatlashdi.
Tashrif davomida Prezidentimiz mamlakatimizning faol va tashabbuskor oʻqituvchi hamda murabbiylari bilan esdalik uchun suratga tushdi.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining to‘rtinchi biznes forumi ishtirokchilariga
Hurmatli forum ishtirokchilari! Qadrli do‘stlar!
Davlatimiz rahbari FIFA Prezidentini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qildi.
Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi.