Davlatimiz rahbari Turkiya Vitse-prezidenti Javdat Yilmazni qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, xususan, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, axborot texnologiyalari, turizm, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Soʻnggi yillarda ikki tomonlama aloqalar yuqori surʼatda rivojlanib, oʻzaro savdo hajmi va qoʻshma korxonalar soni izchil ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ayniqsa, Biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori darajadagi kengash taʼsis etilgani va bugun Toshkentda uning ilk yigʻilishi doirasida yangi salmoqli investitsiya loyihalari va savdo kelishuvlariga erishilgani, 200 dan ortiq yetakchi kompaniyalar hamda ishbilarmonlar ishtirokida biznes forumi oʻtkazilgani yuqori baholandi.
Uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni toʻliq amalga oshirish hamda boʻlajak muhim tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
O'xshash yangiliklar
Namangan viloyatining iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida islohotlar natijadorligini oshirish, yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish, aholi bandligi va daromadlarini koʻpaytirish yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Yangi Toshkent qurilishi va koʻkalamzorlashtirish ishlari boʻyicha vazifalar belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Oʻzbekiston Prezidentining Oʻmon Sultonligiga davlat tashrifi yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻmon Sultonligiga davlat tashrifi yakuniga yetdi.