Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning “JDB Group” kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning “JDB Group” kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi.
Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Markaz mamlakatimizning Xitoy bilan koʻp qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qoʻshib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va “yashil” sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.
“JDB Group” kompaniyasining Oʻzbekistondagi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.
Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
O'xshash yangiliklar
Maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining Yaponiyaga tashrifiga oid
2026-yil 17-18 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning Tokio shahriga tashrif buyurdi.
Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-yil 18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tugjanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.