Oʻzbekiston Prezidenti “Lotte Group” kompaniyasi raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida “Lotte Group” raisi Shin Don Binni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida “Lotte Group” raisi Shin Don Binni qabul qildi.
Oʻzbekiston yetakchisi kompaniya Koreyaning mamlakatimizdagi eng yirik investorlaridan biri ekanini, koʻp yillardan buyon samarali hamkorlik olib borilayotganini taʼkidladi. Ustyurt gaz-kimyo majmuasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani alohida qayd etildi.
Yurtimizda Koreyaning ilgʻor texnologiyalari asosida developerlik loyihalarini amalga oshirish masalalari hamda mis folgasi ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Prezidentimiz kompaniyaning mamlakatimizdagi turizm markazlarini boshqarish va mehmonxona biznesida xizmatlar sifatini oshirish borasidagi rejalarini qoʻllab-quvvatladi.
Yakunda ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilib borish maqsadida ishchi guruh tuzish yuzasidan kelishuvga erishildi.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Eksport-import banki bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Koreya Eksport-import banki raisi Xvan Ki Yon bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston – Koreya biznes forumida ishtirok etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk qoʻshma biznes forumning ochilishida ishtirok etdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk bilan uchrashuv oʻtkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahridagi o‘ziga ajratilgan qarorgohda Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Sukni qabul qildi.