Oʻzbekiston Prezidenti Bishkek shahriga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishi hamda “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Bishkek shahriga keldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishi hamda “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Bishkek shahriga keldi.
“Manas” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Bugun Oʻzbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi hamda VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qirgʻizistonga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 31-avgust kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishi hamda “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Bishkek shahriga joʻnab ketdi.
Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
30-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Prezidenti ShHTning Bishkek sammiti tadbirlarida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 31-avgust – 1-sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishi hamda “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida boʻladi.