Mamlakatimiz yetakchisi “Traxys” kompaniyasi rahbariyatini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Traxys” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Mark Kristoffni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Traxys” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Mark Kristoffni qabul qildi.
Suhbat davomida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻtgan bir yil davomida “Traxys” kompaniyasi bilan hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilgani, jumladan, bitimlar imzolanib, Toshkent shahrida kompaniyaning Markaziy Osiyodagi ilk mintaqaviy ofisi ochilgani taʼkidlandi.
Amerika texnologiyalari asosida muhim minerallar, xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
“Traxys” kompaniyasi muhim xomashyo va minerallarni yetkazib berish boʻyicha jahonning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya dunyoning 20 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritib, metallar va minerallarni xarid qilish, logistikasini tashkil etish, moliyalashtirish hamda sotish bilan shugʻullanadi.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda Amerika – Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan AQSh Davlat kotibi Marko Rubioni qabul qildi.
“Wabtec” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Wabtec” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi.
“Franklin Templeton” kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Samarqand shahrida “Franklin Templeton” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonsonni qabul qildi.