O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaning “OYAK” kompaniyasi rahbarini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida “OYAK” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Murat Yalchintashni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida “OYAK” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Murat Yalchintashni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari soʻnggi yillarda Turkiya bilan strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, bu jarayonda ishbilarmon doira vakillarining oʻrni va hissasi beqiyos ekanini qayd etdi.
Muloqot chogʻida turkiyalik hamkor har bir sarmoyador uchun katta imkoniyatlar maydoniga aylanib borayotgan Yangi Oʻzbekistonda kimyo sanoati, geologiya va qurilish sohalarida qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Shuningdek, Yangi Toshkentda turar joy majmualari va tashqi infratuzilma obyektlari qurilishida faol ishtirok etishga tayyor ekanini taʼkidladi.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston Prezidenti “Anadolu Group” xoldingi rahbari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahrida “Anadolu Group” xoldingi boshqaruv kengashi raisi Kamilxan Suleyman Yazijini qabul qildi.
“EKSIM Holding” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida “EKSIM Holding” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ebubekir Tivniklini qabul qildi.
Davlatimiz rahbari “Evyap Holding” kompaniyasi boshqaruv kengashi aʼzosini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqarada “Evyap Holding” kompaniyasi boshqaruv kengashi aʼzosi Oʻmer Evyapni qabul qildi.