Oʻzbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Ostona shahrida boʻlib oʻtayotgan Aqaba jarayoni uchrashuvi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Ostona shahrida boʻlib oʻtayotgan Aqaba jarayoni uchrashuvi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Mamlakatimiz yetakchisi dunyoda yangi tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda Iordaniya Podshohi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan ushbu platforma tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidladi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari, shu jumladan, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning borishi muhokama qilindi.
Soʻnggi yillarda oʻzaro tashrif va muloqotlar jadal tus olgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Havo qatnovlari yoʻlga qoʻyildi, Hukumatlararo qoʻshma komissiya yigʻilishi oʻtkazilib, Ishbilarmonlar kengashi taʼsis etildi.
Suhbat davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni jadallashtirishga kelishib olindi.
Oʻzbekiston va Iordaniya yetakchilari boʻlajak oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlar rejasi hamda kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston Prezidentining Qozogʻistonga amaliy tashrifi yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrifini yakunladi.
Oʻzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sunʼiy intellekt sohasida xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan uchrashuvida ishtirok etdi.
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT plyus birinchi ekspertlar muloqoti ishtirokchilariga
Hurmatli forum ishtirokchilari!