Oʻzbekiston Prezidenti BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi rahbari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari, Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keytani qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari, Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keytani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida UNFPA rahbari mamlakatimiz yetakchisiga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.
BMTning aholishunoslik sohasidagi nufuzli instituti bilan hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Keyingi yillarda Oʻzbekistonning UNFPA bilan hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilgani taʼkidlandi. Reproduktiv salomatlik, gender tenglik, demografik barqarorlikni taʼminlash sohalarida muhim loyihalar amalga oshirildi. Jamgʻarma mamlakatimiz tarixidagi birinchi aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonida faol ishtirok etdi.
Ona va bola salomatligini mustahkamlash, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini himoya qilish borasidagi ijobiy natijalar alohida qayd etildi.
Hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, jumladan, mamlakat dasturi doirasida yangi qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish, Oʻzbekistonda va BMT doirasida yuqori darajadagi tadbirlarni oʻtkazishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
Prezidentimiz yoʻl xoʻjaligi sohasidagi yangi ilmiy-amaliyot markazini koʻzdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining ilmiy-amaliyot markaziga tashrif buyurib, muassasa faoliyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Qoʻriqlash xizmatlari sifatini oshirish va qamrovini kengaytirish choralari koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev qoʻriqlash xizmatlari sifati va qamrovi darajasini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Oʻmon, Iordaniya va Turkiya bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish choralari koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, 2027-yilda mamlakatimizda yirik xalqaro tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.